Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi kanallar bo‘yida yirik sayilgohlar bunyod etiladi

Toshkent shahridagi kanallar bo‘yida yirik sayilgohlar bunyod etiladi

Foto: Xabar.uz

2030-yilda Toshkent shahridagi kanallar bo‘yida tashkil etilgan sayilgohlar uzunligi 150 kmga yetadi.

Kanallar bo‘ylarida sayilgohlarni tashkil etish ishlari 2018-yilda boshlangan bo‘lib, hozirda poytaxtimizdan oqib o‘tuvchi turli kanallar atrofida 42 km uzunlikda sayr qilish maskanlari barpo qilindi. Bu jarayonda kanallarning qirg‘oqlarini mustahkamlash, chiqindilardan tozalash ishlari bajarilib, o‘rindiqlar, chiqindi qutilari va zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Piyodalar va velosiped yo‘laklari tashkil qilindi, deyiladi hokimlik ma’lumotida.

Bu ishlar davom ettirilib, kanallar bo‘yidagi sayilgohlar uzunligi 2024 yilda 50 km, 2025 yilda 60 km, 2026 yilda 75 km, 2027 yilda 90 km, 2028 yilda 110 km, 2029 yilda 130 km va 2030 yilda 150 kmga yetkaziladi.

Toshkent shahar hokimligiga ko‘ra, sayilgohlarda aholi madaniy xordiq chiqarishi uchun bolalar o‘yingohlari, savdo va boshqa xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring