Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana bir xalqaro ko‘rgazma ochiladi

Toshkentda yana bir xalqaro ko‘rgazma ochiladi

Joriy yilning 3-5 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasining 4 pavilonida «Bosma ishi va qadoqlash - O‘ZBEKinPRINT- O‘ZuPACK 2018» xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

O‘ZBEKinPRINT- O‘ZuPACK ko‘rgazmasini O‘zbekistonning qadoqlash va bosma ishi bozoridagi yilning eng muhim voqeasi deb atash mumkin. Bu yil ko‘rgazma o‘zining 20 yilligini nishonlamoqda va tayyor qadoq va qadoqqa belgi qo‘yish bo‘yicha mahalliy va xorijiy qadoqlash texnikasi ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarini, ishlab chiqarishning boshidan oxirigacha bo‘lgan jarayonlar, qadoq, belgi va poligrafiya ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan turdosh ishlab chiqarishlarni bir maydonda jamlaydi.

Joriy yildagi ko‘rgazma hajmi 16 foizga oshgan bo‘lib, unda jami 15 mamlakat - Avstriya, Germaniya, Hindiston, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, AQSh, Turkiya, Fransiya, Rossiya, O‘zbekiston, Finlyandiya hamda Yaponiyadan 66 ta kompaniya va brend qatnashmoqda.

Yubiley forum uchun qator yirik premeralar - uskunalarni ishlayotgan holatidagi taqdimotlar tayyorlab qo‘yilgan, bu esa poligrafiya va bosma ishi bozori ishtirokchilari uchun qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Jumladan, Akela Group kompaniyasi stendida uning quyidagi hamkorlari texnologiyalari namoyish etiladi: Line O Matic Graphic Industries (Hindiston), Guangdong Constant Precision Machinery (Xitoy), Zhejiang Horda Machinery (Xitoy), UFLEX Limited (Hindiston) kabi yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilarning qog‘oz kesish mashinasi, fleksbosma uchun avtomat uskuna, in’yeksiyali quyish mashinasi, kitob korpusini tayyorlash uchun avtomatik mashina, babinali-kesish mashinasi va boshqalar.

Qarorgohi Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan bosma ishi sohasidagi global yetakchi bo‘lmish Ricoh kompaniyasining bozorga chiqishi yorqin debyut bo‘ladi, deya e’tirof etilmoqda. Ko‘rgazma doirasida raqamli bosish mashinasi, keng formatli ko‘p funksiyali qurilma, lateksli printer namoyish qilinadi. Ricoh Rusning O‘zbekiston bozoriga rasmiy ravishda kirib kelishi 2017 yilning sentyabr oyida yuz bergandi, o‘shanda raqamli tijorat bosma ishi bozorida uskuna va yechimlarni yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalaridan biri, joriy ko‘rgazmada ham ishtirok etuvchi UCD Micros bilan shartnoma imzolangan edi.

Oziq-ovqat va ichimliklar, nooziq-ovqat tovarlari, kosmetika va dori vositalari, qurilish mollari, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari jahonning taniqli kompaniyalari: Windmoeller & Hoelscher (Germaniya), HAVER&BOECKER (Germaniya), SWEMA (Rossiya-Germaniya), InKomPro-Servis (Rossiya), Ala Sintez (Qozog‘iston), TEKO ALUMINYUM SANAYI (Turkiya), ÜNER PLASTIK (Turkiya), NIKOL-PAK (Rossiya), ERPAKSAM MAKINA (Turkiya)va boshqalar bilan amaliy muzokaralar olib borish imkoniga ega bo‘ladi.

Ko‘rgazma debyutanti – PROFITEKS kompaniyasi suyuq, yopishqoq va pastasimon mahsulotlarni plastik yoki qog‘oz stakanlarga joylashga mo‘ljallangan avtomatni namoyish qiladi.

Mahalliy bozorning yetakchi kompaniyalari yuqori faollikni namoyon etmoqdalar, ular mahsulotining sifati va turlari jahonning eng yuqori standartlariga javob beradi: POLIMAKS, UZPOLITEX Holding, POYTAXT SAVDO GROUP, TEZKOR MATBAA, CREDO PRINT, the VORTEX TAPE va boshqalar shular jumlasidan.

Umuman olganda, ko‘rgazma O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot eksportiga ko‘mak berish bo‘yicha Respublika hukumatining strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ulkan vazifalar bajarilishini ta’minlash maqsadida korxonalar tayyor sanoat mollari, meva-sabzavot, farmatsevtika, to‘qimachilik, kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlay oladigan texnologiya va xomashyoga investitsiyalar kiritishga tayyor.

An’anaga ko‘ra, O‘ZBEKinPRINT- O‘ZuPACK ko‘rgazmasi uchrashuvlar va tarmoqning barcha yangiliklarini muhokama qilishning eng maqbul joyi bo‘lib qoladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring