Toshkentda xay-tek uslubida qurilgan masjid ochildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi «Hasanxon qori» jome masjidi qayta barpo etildi.
Mazkur inshoot noan’anaviy, ya’ni, xay-tek uslubida qurilgan masjid hisoblanadi. U bir vaqtning o‘zida 4 ming nafar namozxonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Masjid qurilishiga 2021 yilda tamal toshi qo‘yilgan bo‘lib, saxovatpesha homiylar hamda ko‘ngilli kishilar ko‘magida hashar yo‘li bilan bitkazildi.
Bino ichida shuningdek, ma’muriyat, kutubxona kabi zarur xonalar, mahalliy hamda xorijlik turist ayollar uchun tahoratxona va namozxona tashkil etilgan.
Masjidga Najmiddin Hasanov imom etib tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter