Toshkentda reyd: yaroqsiz avtobusni haydab yurgan haydovchilar aniqlandi
Joriy yilning 22-26-avgust kunlari jamoat transporti haydovchilari bilan olib borilgan profilaktika tadbirlari doirasida haydovchilar va mas’ul xodimlar tomonidan qo‘pol qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Aniqlanishicha, Chilonzor tumani Tursunqulov ko‘chasida «Kobalt» rusumli taksi mashinasi to‘xtatilganda uning majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagani ma’lum bo‘ldi va shu sabab haydovchi A.F. va korxona rahbari K.X.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Bektemir tumani Ohangaron shoh ko‘chasida soat 6.00da «KING LONG» mikroavtobusi to‘xtatildi. Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi A.A. ushbu transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqargan. Shuning uchun haydovchi va transport vositasini yo‘nalishga qo‘yishga mas’ul bo‘lgan korxona xodimi I.U.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Shuningdek, Yashnobod tumani Cho‘lpon ko‘chasida soat 8.40da «Isuzu» avtobusi to‘xtatilib, haydovchi E.B.ga nisbatan avtobusda boshqarish vaqtida yo‘l chiziqlariga amal qilmagani uchun ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Olmazor tumani Yangi Olmazor ko‘chasida soat 6.00da «Mersedes-Bens» avtobusi tekshirilganda, haydovchi A.Sh. transport vositasini nosoz holatda boshqarib ketayotgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan haydovchi va korxona mas’ul xodimi X.B.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Sergeli tumani Choshtepa ko‘chasida ertalab soat 6.00da «Mersedes-Bens» avtobusi to‘xtatildi. Tekshiruv natijasida transport vositasi nosoz holatda ekani aniqlandi. Haydovchi A.S. va korxona mas’ul xodimi Yu.B. ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Bektemir tumani Ohangaron shohko‘chasida soat 6.00da «Mersedes-Bens» avtobusi tekshiruvdan o‘tkazildi va unda ham nosozlik aniqlandi. Avtobus haydovchisi S.T. va korxona xodimi J.N.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter