Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi tibbiyot markazi tashkil etildi

Toshkentda nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi tibbiyot markazi tashkil etildi

Foto: «WomanAdvice.ru»

O‘zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan aholiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi va dastur ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya tashkil etildi.

Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida «Nefrologiya, gemodializ va buyrak transplantatsiyasi» kafedrasi tashkil etiladi, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab magistratura va klinik ordinaturaning «nefrologiya» va «bolalar nefrologiyasi» mutaxassisliklari bo‘yicha yangi yo‘nalishlari ochiladi.

Shuningdek, gemodializ xizmati faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida «O‘zbekiston dializ jamiyati» nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasiga maxsus «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqlash topshirildi unda shu jumladan, xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan gemodializ xizmatlari ko‘rsatish tizimini soddalashtirish, ushbu yo‘nalishda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish nazarda tutiladi.

Moliya vazirligiga gemodializga muhtoj bo‘lgan bemorlar sonining yillik o‘sishini hisobga olgan holda zarur gemodializ uskunalari, ehtiyot qismlar va sarflash materiallarini o‘z vaqtida xarid qilinishi uchun budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlash yuklandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring