Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda mashina sotib beraman deb, fuqaroni 5 ming «ko‘ki»ga tushirgan firibgar ushlandi

Toshkentda mashina sotib beraman deb, fuqaroni 5 ming «ko‘ki»ga tushirgan firibgar ushlandi

Uchtepa tumanida mashinani sotib berishni va’da qilib firibgarlik qilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, 10-noyabr kuni Uchtepa tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 12-avgust kuni 31 yoshli Bekzod B. 20 yoshli Malika Sh.ning ishonchiga kirib, unga «Jentra» rusumli avtomobilni sotishda ko‘maklashishini va’da qilgan.

Mashinani 11.000 AQSh dollari evaziga sotgan Bekzod, Malikaga 6 000 AQSh dollarini berib, qolgan 5 000 dollarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring