Toshkentda isitish tizimi vaqtliroq yoqilishi mumkinmi?
O‘zbekiston hududiga kirib kelgan yog‘inli va salqin havo oqimi ko‘pchilikda Toshkentda isitish mavsumi qachondan boshlanadi, degan savolni yuzaga keltirgani tabiiy. «Toshissiqquvvati» bu masalaga aniqlik kiritdi.
«Repost»ning xabar berishicha, «Toshissiqquvvati»ning Toshkentda isitish mavsumi boshlanishi noyabr oyiga belgilangan.
Biroq, havo harorati besh va undan past darajaga tushsa, isitish tizimi yoqilishi mumkinligi ma’lum qilingan. Bunday qaror, agar besh kun davomida shunday harorat saqlanib qoladigan bo‘lsa, hokimiyat tomonidan qabul qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter