Toshkentda ikkita asosiy yo‘l vaqtincha yopiladi

Ertaga, 22 may kuni Toshkentda Uzexpocenter va Intercontinental ko‘rgazmalar majmuasi hududida triatlon bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi.
Shu sababli soat 6:00 dan 13:00 gacha qadar bir necha yo‘nalishlardagi yo‘l qismlari yopiladi:
- Kichik xalqa avtomobil yo‘li — Bo‘zsuv ko‘prigidan (mo‘ljal: Minor masjidi va Malika) Chingiz Aytmatov ko‘chasi bilan kesishmagacha;
- Sharof Rashidov shohko‘chasi — Xalqaro biznes markazidan Osiyo ko‘chasi bilan kesishmagacha.
Toshkent shahri hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter