Toshkentda endi badbo‘y hid chiqmaydimi?
Toshkentdagi «Salar» oqova suv tozalash inshooti faoliyatini o‘rganish uchun bosh vazir o‘rinbosari B.Musayev boshchiligida Hukumat komissiyasi tashkil etildi. Komissiya 10-iyulga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish olib boradi:
➖ «Salar» oqova suv tozalash inshooti va «Salar» kanali bo‘yida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan me’yorlarga muvofiq oqova suv inshootiga ulanganligi hamda ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilarni tashlash bo‘yicha normalarga amal qilish holati;
➖ hududdagi korxonalar tegishli ekologik hamda sanitariya qoidalariga mos ravishda faoliyat yuritayotganligini o‘rganish va tahlil qilish;
➖ «Salar» oqova suv tozalash inshootining faoliyati belgilangan talablarga muvofiqligi, shu jumladan, uni modernizatsiya qilish orqali saqlab qolish yoki aholi yashash punktiga yaqin bo‘lmagan boshqa hududga ko‘chirish masalasini o‘rganib chiqish;
➖ «Salar» oqova suv tozalash inshooti va «Salar» kanali bo‘yida joylashgan va belgilangan normalarga rioya qilmagan holda ishlab chiqarish chiqindilarini oqova suv tarmog‘iga tashlayotgan korxonalarni Toshkent viloyatining Olmaliq shahri va Oxangaron tumani hududidan zarur yer uchastkasi ajratgan holda ko‘chirish bo‘yicha taklif tayyorlash.
P.S. «Salar»dagi badbo‘y hiddan poytaxtning Sergeli va Yangihayot tumanlari aholisi aziyat chekib kelayotgan edi. Umid qilamizki, komissiya ushbu muammoni batamom hal qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter