Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda elektron sigaretalarni taqiqlovchi qonun muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda elektron sigaretalarni taqiqlovchi qonun muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlari (IQOS) muomalasini taqiqlovchi qonun muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ma’ruzachilar mavzuni ilmiy nuqtai nazardan muhokama qildilar.

Elektron sigaretalar (vayplar) va qizdiriladigan tamaki mahsulotlarining eng yirik importyorlari hamda ishlab chiqaruvchilari bo‘lgan «Tamakisoz» uyushmasi sigaretalarni taqiqlash o‘rniga uning uchun kamroq zararli muqobil mahsulotlar importi, ishlab chiqarilishi va muomalaga chiqarilishini oqilona tartibga solinishi masalasini ko‘tarib chiqdi.

Soha vakillari Shvetsiya, Yaponiya, Malayziya, Saudiya Arabistoni va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda nikotinli mahsulotlarni tartibga solish chekish darajasini tez pasayishiga olib kelganini ko‘rsatuvchi ilg‘or xalqaro tajribaga e’tibor qaratdilar.

Matbuot anjumani ishtirokchilari taqiqlovchi yondashuvlardan foydalanish bir qancha muqarrar salbiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidladilar:

- qonuniy savdo va ish joylariga yetkaziladigan zarar;

- kontrabanda va past sifatli mahsulotlarning o‘sishi;

- yomon odatni tashlamoqchi bo‘lgan chekuvchilarni muqobil turlardan mahrum qilish.

Eslatib o‘tamiz, an’anaviy sigaretalarga nisbatan kamroq zararli bo‘lgan muqobil mahsulotlarni taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi 18 aprelda yakunlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring