Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda tamaki mahsulotlari kontrabandasiga qarshi kurashish bo‘yicha eng yangi raqamlar

O‘zbekistonda tamaki mahsulotlari kontrabandasiga qarshi kurashish bo‘yicha eng yangi raqamlar

O‘zbekistonda tamaki mahsulotlari kontrabandasi nafaqat davlat budjetiga, balki fuqarolar sog‘ligiga ham katta zarar yetkazmoqda. Yaqinda ushbu noqonuniy harakatga qarshi kurashish bo‘yicha eng yangi raqamlar oshkor qilindi.

1. O‘zbekiston davlat budjetining noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi tufayli yo‘qotishlari oydan-oyga o‘sib bormoqda. 2024 yil 1 sentyabr holatiga yo‘qotishlar 353,2 mlrd so‘mni tashkil qildi, 1 oktyabrga kelib esa, 390,6 mlrd so‘mga yetdi.

2. Noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining eng yuqori darajasi Namangan viloyatida kuzatilmoqda. Bu yerda ko‘rsatkich 41,8% ga yetdi.

3. Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasi xabar berishicha, 2024 yilning o‘tgan davri mobaynida 52 ta holatda jami 1 mlrd 958 mln so‘mlik qariyb 187 ming qadoq tamaki mahsulotini noqonuniy olib kirish to‘xtatib qolingan.

Shuningdek, noqonuniy tamaki mahsulotini yo‘q qilish bo‘yicha 5 ta tadbir tashkil etildi, ular davomida umumiy summasi 919 mln so‘mga teng 76 000 qadoq mahsulot yo‘q qilindi. Qolgan mahsulot musodara etilgan va tergov ostida saqlanmoqda. Kelgusida ular bosqichma-bosqich yo‘q qilinadi.

4. Andijon viloyati Soliq boshqarmasi 2024 yil avgust holatiga ko‘ra, 18 ta holatda umumiy summasi 23 mln 700 ming so‘mga teng tamaki mahsulotining noqonuniy aylanmasi oldi olingani haqida hisobot berdi.

5. Bunda hududlar bo‘yicha umumiy statistika ham xavotirli ko‘rinishga ega:

Farg‘ona vodiysida — 21,8%
Namanganda — 41,6%
Jizzaxda — 21,8%
Qarshida — 11%
Navoiy viloyati tumanlari bo‘yicha — 11,8%
Olmaliqda — 19,9%

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring