Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 61ta zamonaviy hojatxona quriladi. Bepul «Wi-Fi» ham bo‘ladi (foto)

Toshkentda 61ta zamonaviy hojatxona quriladi. Bepul «Wi-Fi» ham bo‘ladi (foto)

Toshkent shahar hokimining avvalo aholimiz, qolaversa, poytaxtimizga tashrif buyuradigan turistlar va mehmonlar uchun qulay shart-sharoit yaratish va ularga ko‘rsatilayotgan servis xizmatini yaxshilashga qaratilgan qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida zamonaviy mehmonxonalar, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari barpo etilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Zamonaviy sanitariya-gigiyena shahobchalari ham shu yo‘nalishdagi ishlarning bir qismidir. Hozirda shahrimizda bu borada tashkiliy ishlar boshlab yuborilgan. Loyihalarda ona va bolalar, imkoniyati cheklangan insonlar uchun alohida sharoitlarni yaratish, shuningdek, boshqa qulayliklarni joriy etish ham ko‘zda tutilgan. Hozirda shunday shahobchalardan 2 tasi foydalanishga topshirildi. Ularning biri Yakkasaroy tumanidagi Askiya bozori yonida joylashgan. Uni qurish uchun 100 mln.so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Ikkinchisi esa Alisher Navoiy nomidagi kinoteatr yaqinida ish boshladi. Bu loyiha uchun esa 85 mln. so‘m sarf qilindi. Loyiha 2019 yilning investitsiya dasturiga kiritilgan bo‘lib, mablag‘larning 50 foizi tadbirkor tomonidan to‘lanmoqda, 50 foizi esa “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan qoplanadi.

Shahrimizda 10 ga yaqin zamonaviy sanitariya-gigiyena shahobchasini qurish bo‘yicha ish olib borayotgan tadbirkor Mirzobek Jo‘rayev, bunday muassasalarni tashkil etishda ular atrofida wi-fi hududini yaratish hamda sayyohlar uchun muhim ma’lumotlarni joylashtirishga e’tibor qaratayotganligini ma’lum qildi. Xususan, Alisher Navoiy nomidagi kinoteatrning old tomonida barpo etilgan shahobchaga shahar xaritasining tasviri tushirilgan. Unda esa poytaxtimizdagi diqqatga sazovor joylar, bozorlar, supermarketlar, metro yo‘nalishlari, favqulodda xizmatlar bo‘yicha chaqiruv raqamlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kelgusidagi loyihalarimizda esa qulayliklarni yanada oshirishni rejalashtirganmiz,-deydi tadbirkor.

Zamonaviy sanitariya-gigiyena shahobchasini barpo etgan tadbirkorlarga soliq to‘lovida imtiyozlar belgilangan. O‘z navbatida ular tomonidan ham imkoniyati cheklangan insonlar va obodonlashtirish xizmati xodimlari uchun bepul xizmat joriy etilgan. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning oxirigacha Toshkent shahrida 61 ta zamonaviy sanitariya-gigiyena shahobchasi qurib, foydalanishga topshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring