Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 20-apreldan issiqlik tizimi o‘chirilishi boshlanadi

Toshkentda 20-apreldan issiqlik tizimi o‘chirilishi boshlanadi

Foto:«Norma.uz»

Toshkent shahar hokimligi tomonidan turar joylarda issiqlik ta’minoti tizimini 20- aprel kunidan boshlab bosqichma-bosqich o‘chirilishi ma’lum qilindi.

Bu haqda shahar hokimining «Toshkent shahrida 2019-2020-yildagi isitish mavsumini yakunlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan.

Hokim o‘rinbosari B.Raxmanqulovning ma’lumot berishicha, issiqlik ta’minoti tizimini o‘chirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi navbatda issiqlik manbalarida bosim pasaytiriladi, nasos stansiyalari o‘chiriladi, keyin bevosita turar joylarining issiqlik ta’minoti tizimlari va lokal qozonxonalar o‘chiriladi. Jarayon yakunida issiqlik tarmoqlari to‘liq issiq suv ta’minoti rejimiga o‘tadi. Issiqlik ta’minoti tizimini o‘chirishning to‘liq jarayoni o‘rtacha 3 sutka vaqt oladi.

Shu bilan birga karantin yakuniga qadar bahorgi bir haftalik issiq suv o‘chirilishi ko‘zda tutilmayapti, kelgusi isitish mavsumiga tayyorgarlikning barcha jadvallari vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, qayta ko‘riladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring