Toshkent xalqaro aeroportiga kirishdagi yopiq yotgan estakada yo‘li ochiladi

Toshkent xalqaro aeroportiga kirib borishdagi anchadan beri yopiq yotgan estakada yo‘li ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
19 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev «Uzbekistan airways» hamda «Uzbekistan airports» aksiyadorlik jamiyatlarini transformatsiya qilish bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishgandi.
Transformatsiya jarayonida uchta vazifaga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Bular: birinchi — xarajatlarni qisqartirish, ikkinchi — daromadlarni ko‘paytirish va uchinchi — yo‘lovchi va yuk tashishda raqobatbardoshikni oshirish.
Prezident taqdimotlar bilan tanishib, avvalo, xalqimiz uchun aviachiptalar narxini arzonlashtirish, chiptani sotib olishdan to samolyotga chiqquncha bo‘lgan barcha jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Yana bir yangilik – Toshkent xalqaro aeroportiga kirib borishdagi anchadan beri yopiq yotgan estakada yo‘li ochilishi kutilmoqda. Bu ham yo‘lovchilarga katta qulayliklar yaratadi.
Shuningdek, Fransiya fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochilishi ham rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter