Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi. U bungacha Ortiqxo‘jayevning o‘rinbosari edi

Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi. U bungacha Ortiqxo‘jayevning o‘rinbosari edi

Foto: Gazeta.uz

Prezident farmoniga muvofiq, Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.

Uning o‘rniga Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Davron Hidoyatov Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgunga qadar poytaxt tumanlarida hokim bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni selektor yig‘ilishida shu haftaning o‘zida kadrlar masalasida katta o‘zgarishlar bo‘lishini qayd etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring