Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi

18-noyabr kuni Toshkent viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi, deya yozmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati. 

Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Prezident farmoni bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.

Viloyat hokimi D. Hidoyatov lavozimidan ozod etildi.

Ayni paytga qadar Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Murod Azimov Qashqadaryoga hokim bo‘lgach, Mirzayev Qashqadaryodan ketgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring