Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida yarim million yoshlar hatlovdan o‘tkazildi

Toshkent viloyatida yarim million yoshlar hatlovdan o‘tkazildi

Toshkent viloyati mahallalaridagi 1020 nafar yetakchi tomonidan 16-30 yoshdagi jami 562 ming 84 nafar yoshlar hatlovdan o‘tkazilib, ularning 516 ming 650 nafari «Yoshlar balansi» elektron platformasi tizimiga kiritilgan.

Ma’muriy jihatdan hududi katta bo‘lgan 400 dan ortiq mahallardagi yoshlar yetakchilariga Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan velosiped, kompyuter jamlanmalari hamda planshetlar berilgan. Tadbirda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev qatnashgan.

Aytilishicha, viloyatdagi mahallalardagi yoshlar yetakchilarining 471 (46,2%) nafari oliy, 316 (30,1%) nafari tugallanmagan oliy, 233 (22,8%) nafari o‘rta-maxsus ma’lumotli kadrlarni tashkil qiladi. Hisobot davrida «Yoshlar daftari»ga 11 ming 855 nafar yoshlar kiritilgan, natijada 2371 nafar yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, yil boshidan «Yoshlar daftari» jamg‘armalarida 16 mlrd. 419 mln. so‘m miqdorda mablag‘ shakllantirilib, ushbu mablag‘lar hisobidan «Yoshlar daftari»dagi 1 ming 459 nafar yoshlarga 4 mlrd. 830 mln. so‘m miqdorida amaliy yordam (doimiy ish o‘rinlari, imtiyozli kredit, er ajratish, mehnat qurollari, to‘lov-kontrakt, iste’dodni qo‘llab-quvvatlash, tibbiy xizmat uchun, safarbarlik chaqiruvi rezervi va haydovchilik guvohnomasi uchun) ko‘rsatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring