Toshkent viloyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev ma’ruza qildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Shu vaqtga qadar Angren shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Shukurulla Mahmudov Toshkent viloyati hokimiga qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlanishi munosabati bilan shahar hokimi lavozimidan ozod qilindi.
Angren shahar hokimi lavozimiga Abdurahimov Nuriddin Karimovich nomzodi ko‘rsatilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
N. Abdurahimov Piskent tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha moliyachi. Shu vaqtga qadar Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter