Toshkent viloyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tanishtirildi.
Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari ish boshlaganini ma’lum qildi.
Bu lavozimga shu vaqtga qadar Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Niyozov Xolmirza O‘zganovich tayinlandi.
Shuningdek, sessiyada shu vaqtga qadar Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Farhod Omonov Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — viloyat hokimining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanishi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga Alisher Karimjonov Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
A. Karimjonov 1980 yilda Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi.
Mahalliy hokimlik tizimlarida, moliya va statistika sohalarida samarali mehnat qilgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Quyi Chirchiq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter