Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida yangi suv ombori quriladi

Toshkent viloyatida yangi suv ombori quriladi

Vazirlar Mahkamasining «Toshkent viloyatida Qizilsoy suv omborini qurish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, «Toshkent viloyatida Qizilsoy suv omborini qurish» loyihasining texnik-iqtisodiy hisobi ilovaga muvofiq asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan tasdiqlanadi.

Loyihani amalga oshirish muddati 2022-yil 1-mart qilib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bosh loyiha tashkiloti «O‘zGIP» MChJ bilan birgalikda 2020 yilning 1 mayiga qadar mazkur qarorning 2-bandi bilan tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisobga muvofiq ishchi hujjatlar sifatli ishlab chiqilishini hamda vakolatli ekspertiza organlaridan belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olinishini ta’minlanadi.

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mazkur qarorga ilovaga muvofiq talab etiladigan kapital qo‘yilmalarni:

- buyurtmachi va bosh loyihachi tomonidan taqdim etilgan aniq hisob-kitoblar asosida, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi parametrlari doirasida Suv xo‘jaligi vazirligiga qo‘shimcha ajratiladigan mablag‘lar hisobidan;

- 2020 – 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirish jarayonida ajratilishini nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat o‘rnatishi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring