Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligi start oldi

Toshkent viloyatida xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligi start oldi

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

Toshkent viloyatida xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligi start oldi.

Qibray tumanida o‘tkaziladigan mazkur haftalik doirasida hunarmand va tadbirkor ayollarning Innovatsion yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, «Xunarmand» uyushmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ixtirochi ayollar Markazi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur haftalik xotin-qizlarni tadbirkorlik va xunarmandchilik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning faoliyatiga innovatsion yondashuvni joriy qilish hamda ayollarning biznes loyihalarini amalga oshirishlariga ko‘maklashishdan iborat.

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligida tumanning 86 maxallarida istiqomat qiluvchi 400 dan ortiq tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini boshlamoqchi bo‘layotgan, bandligi ta’minlanmagan va imkoniyati cheklangan xotin-qizlar ishtirok etadilar.

Haftalik doirasida og‘ir turmush sharoitida yashayotgan hamda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga xunarmandchilikning 12 ta yo‘nalishi bo‘yicha maxorat darslari o‘tkaziladi. Maxorat darslarida ishtirok etgan xotin-qizlar o‘z qiziqishlari asosida «Xunarmand» uyushmasi tomonidan ustozlarga biriktirilib, ularga mehnat daftarchalari ochiladi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi «Xunarmand» uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring