Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida kurortlar qurilishiga 514 mln AQSh dollari jalb qilinadi

Toshkent viloyatida kurortlar qurilishiga 514 mln AQSh dollari jalb qilinadi

Foto: «Advantour»

Endilikda Toshkent viloyati ham yurtimizning sayyohlik markazlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Ya’ni viloyatda uchta kurort qurilishi, buning uchun 514 million AQSh dollari jalb qilinishi rejalashtirilyapti. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

«Chorvoq» erkin turistik zonasida «Chimyon» va «Beldirsoy» xalqaro tog‘-chang‘i majmualari barpo etish rejalashtirilgan. Majmualarning loyihalari fransuz kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Ushbu loyihalarga ajratiladigan investitsiyalar miqdori 263, 7 million va 178, 4 million dollarga baholanmoqda. Bundan tashqari, «Nanay» ekoturistik majmuasini qurish uchun 62, 4 million dollar ajratiladi.

Toshkent viloyatida uchta – Chimyon, Beldirsoy va Nanay xalqaro darajadagi kurortlarni barpo etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Amirsoy va Yusufxona bo‘yicha loyihalar ham davom ettirilmoqda. Ushbu loyihalar doirasida 40 kilometrdan ortiqroq turistik tog‘-chang‘i trassalari, 100 turdagi yangi turistik xizmatlar, mehmonxonalarda 25 mingtadan ortiq yotoqlar, 3000 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring