Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida 900ga yaqin o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar egalariga mulk huquqi berildi

Toshkent viloyatida 900ga yaqin o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar egalariga mulk huquqi berildi

Foto: Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan fuqarolardan kelib tushgan 1 200 dan ortiq murojaatlarning qariyb 600 tasi ijobiy hal etildi, 500 dan ortig‘i bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan murojaatlar ko‘rib chiqish jarayonida.

Xususan, fuqaro Z.Qurbonovning pensiya o‘z vaqtida tayinlanmaganligi haqidagi murojaatiga asosan Olmaliq shahar adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnoma bo‘yicha shahar Pensiya jamg‘armasi bo‘limining aybdor xodimi intizomiy jazoga tortilib, fuqaro Z.Qurbonovga pensiya tayinlandi.

Murojaatlarni joyida hal etish maqsadida hududlarda fuqarolar ishtirokida 900 ga yaqin sayyor qabullar tashkil etildi.

Bundan tashqari, turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida joriy yilning 24 oktyabr kuniga qadar 881 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan qurgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilib, tegishli tashkilotlar hamkorligida ularning kadastr hujjatlari o‘z egalariga topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring