Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi 38-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, Shermatov Kamoliddin Mamurovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimi v.b. Rustam Xolmatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Shuhrat Mirxodiyev ishtirok etishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter