«Toshkent-Urganch» yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida «Toshkent-Urganch-Toshkent» yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati xabar qildi.
Qo‘shimcha qo‘yilgan №256/255-sonli poyezd joriy yilning 17,19,21,23,25 iyul kunlari soat 14:30da Toshkent janubiy vokzalidan Urganch tomon xarakatlanadi. 19,21,23,25,27 iyul kunlari esa soat 10:00 da Urganch vokzalidan poytaxtga qaytadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni 1005 qisqa raqam orqali yoki joylardagi hududiy temir yo‘l ma’lumotxonalaridan bilib olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter