Toshkent teleminorasida telefondan foydalanish va foto-video tushirishga ruxsat berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-fevral kuni «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi.
Ushbu qaror va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Toshkent teleminorasiga tashrif buyuruvchi turistlarga teleminoraning foyesida, 100-110 metr balandlikda joylashgan tomosha maydonchasi va «Koinot» restoranida foto (selfi) va video suratga olishga ruxsat berildi.
Bu bilan teleminoraga tashrif buyuruvchilar va sayyohlar uchun yanada qulayliklar yaratildi, endi ular Toshkent shahrining eng go‘zal va ko‘rkam maskanlarini foto va video suratga olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter