Toshkent shahridan propiska beradigan tashkilot bittaga ko‘paydi
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxatiga Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ham kiritildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlangan quyidagi Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan majburiy tartibda kelishiladi:
- davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishga doir;
- Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini o‘zgartirish masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV o‘rinbosari Azizbek Ikramov «propiska» atamasi «qayd» qilishga o‘zgarishini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter