Toshkent shahrida qancha doimiy aholi yashashi ma’lum qilindi

Toshkent shahrida doimiy aholi soni 2020-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 2 586 851 kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Tumanlar kesimida eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida 369,6 ming kishini, eng kam aholi soni Bektemir tumanida 35,4 ming kishini tashkil etdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha ayollar soni 1 322, 3 ming kishini, erkaklar soni esa 1 264, 6 ming kishini tashkil qildi. Ko‘rsatkichlardan shuni kuzatish mumkinki, ayollar soni erkaklar sonidan 2,2 foizga ko‘proq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter