Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB mehribonlik uyidagi voqea yuzasidan bayonot berdi

Toshkent shahar IIBB mehribonlik uyidagi voqea yuzasidan bayonot berdi

Foto:«Xabar.uz»

Internet tarmog‘ida «Yelena Polyanskaya» nomi ostidagi foydalanuvchi Yunusobod tumanidagi 23-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi, 15 yoshli R.S.ga jismoniy qiynoq bo‘lgani xususidagi ma’lumotni chop etgan.

Toshkent shahar IIBB mazkur xabarga munosabatini bildirdi. Unga ko‘ra, mazkur masala yuzasidan joriy yilning 30-mart kuni Toshkent shahar prokuraturasi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 110-moddasi («Qiynoq») 2-bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. 7-aprelda mazkur ish Yunusobod tumani IIBga yuborilgan. Tergov hozirda ham davom etmoqda.

Sud-tibbiy ekspertizasi ma’lumotlariga ko‘ra, bola yengil tan jarohati olgan. Mazkur ishda tarbiyachilardan biri gumonlanmoqda.

Jabrlanuvchi Toshkent shahar IIBBning voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi psixolog va tarbiyachilar nazoratida ekanligi ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring