Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mamlakatimizda umuman yetimlar bo‘lmasa, yanada yaxshi bo‘lar edi — Prezident

Mamlakatimizda umuman yetimlar bo‘lmasa, yanada yaxshi bo‘lar edi — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi yig‘ilishda ta’kidlashicha, mamlakatimizda har bir bola taqdiriga qaratilayotgan e’tibor tufayli oxirgi yarim yilda «Mehribonlik» uylari, Bolalar shaharchasi va «SOS» bolalar mahallalari uyushmasi qaramog‘idagi 1 ming 619 nafar ko‘ngli o‘ksik farzandlarimiz o‘z oilasi va yaqin qarindoshlari tarbiyasiga o‘tkazilgan.

Natijada 10 ta mehribonlik uyi, 3 ta bolalar shaharchasi va 2 ta bolalar uyi ehtiyoj qolmagani uchun yopilgan.

Qolgan 6 ta «Mehribonlik» va 11 ta kichik bolalar uylarida 1 ming 475 ta o‘rin mavjud bo‘lib, bugungi kunda ularda 897 ta yetim bolalar bor.

«Albatta, bolalar uylari va ulardagi yetimlar soni kamaygani, xalqimizning yuksak ma’naviyati, iymon-insofi va bolajonligini ko‘rsatib turibdi.

Lekin, mamlakatimizda umuman yetimlar bo‘lmasa, yanada yaxshi bo‘lar edi. Shuning uchun, imkon qadar ularni munosib oilalarga farzandlikka berishni tezlashtirish choralarini ko‘rish lozim», — dedi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring