Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! Toshkent shahar IIBB YHXBga yangi boshliq tayinlangani inkor qilindi

Rasman! Toshkent shahar IIBB YHXBga yangi boshliq tayinlangani inkor qilindi

Foto: «UzNews.uz»

Bir qator internet nashrlarida polkovnik Bekmurod Abdullayev Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga boshliq qilib tayinlangani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Ushbu xabarga Ichki ishlar vazirligi rasman munosabat bildirdi.

«Qalampir.uz, UzNews.uz, Daryo.uz, Anhor.uz saytlarida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Bekmurod Abdullayev Bosh boshqarma Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga boshliq qilib tayinlangani haqida tarqatilgan xabarlar tasdiqlanmaganligini Toshkent shahar IIBB Kadrlar boshqarmasi ma’lum qiladi», deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Aytilishicha, bugungi kunda polkovnik Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev Toshkent shahar IIBB Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat faoliyatini davom ettirmoqda. IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga esa boshqarma boshlig‘i tayinlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring