Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati Rahmonbek Usmonov ishdan olinganini rad etdi
Ko‘p yillardan beri Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan Rahmonbek Usmonov o‘z vazifasidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.
Lekin Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Husniddin Ergashev tahririyatga qo‘ng‘iroq qilib, Rahmonbek Usmonov lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabar noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, hokim o‘z xonasida ish bilan mashg‘ul.
Lekin qayd etishimiz kerak, bugun, 26-aprel kuni Toshkent shahar hokimligida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi va unda tashkiliy masala ko‘rilishi kutilmoqda.
Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter