Toshkent shahar hokimiga maslahatchi tayinlandi
Kasimova Gulnoza Esanovna Toshkent shahar hokimining Matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Gulnoza Kasimova 1984-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy: O‘zDJTU, Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
2023-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatida bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, 3-aprel kuni Shavkat Umrzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter