Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent-Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishidagi poyezd qatnovida o‘zgarish bo‘ldi

Toshkent-Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishidagi poyezd qatnovida o‘zgarish bo‘ldi

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

Texnik sabablarga ko‘ra, Toshkent-Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 680/679-sonli yo‘lovchi poyezdi joriy yilning 27-fevral sanasiga qadar Qumqo‘rg‘on bekatigacha qatnovni amalga oshiradi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmatining xabar berishicha, Qumqo‘rg‘ondan Toshkentgacha bo‘lgan qatnov 28-fevralga qadar davom etadi.

Ushbu kunlarda mazkur poyezdga Qumqo‘rg‘ondan keyingi bekatlargacha oldindan xarid qilingan chiptalar vokzal kassalarida qaytarib beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring