Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent-Qarshi-Toshkent» endi «Toshkent-Termiz-Toshkent»ga aylandi

«Toshkent-Qarshi-Toshkent» endi «Toshkent-Termiz-Toshkent»ga aylandi

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari»

Joriy yil 20-martdan yo‘lovchilar va sayohlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida hozirgacha Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 4/3 sonli elektropoyezdi Toshkent-Termiz-Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Mazkur elektropoyezd haftada 6 kun, ya’ni seshanba kunidan boshqa barcha kunlarda harakatini amalga oshiradi. Toshkentdan soat 08:50 jo‘naydigan 4-sonli elektropoyezd soat 20:16 da Termiz vokzaliga, Termizdan soat 06:50da jo‘naydigan 3-sonli elektropoyezd esa soat 18:44 da Toshkent vokzaliga kirib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring