Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan «Toshkent-Jakarta-Toshkent»yo‘nalishida ilk samolyot parvozi amalga oshirildi.
Haftaning chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladigan mazkur qatnovni Transport vazirligi, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi hamkorlikda yo‘lga qo‘ydi.
Mazkur qatnovdan har ikki davlat ham teng manfaatli bo‘lib, shu bois Jakartaning «Sukarno-Xatta» xalqaro aeroportida Toshkendan il parvoz bilan kelgan yo‘lovchilar tantanali kutib olindi.
Ayni vaqtda Jakartada ikki mamlakat rasmiy doiralari o‘rtasida turizm forumi bo‘lib o‘tmoqda. Maqsad esa O‘zbekiston sayyohlik imkoniyatini Indoneziyada keng targ‘ib qilish, shuningdek, xorijiy investorlarni jalb etish orqali O‘zbekistonni eng yirik ziyorat turizmi mamlakatlaridan biri sifatida namoyish etish.
Qayd etish joizki, ayni vaqtda mazkur davlatda O‘zbekistonni turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan qator yumushlar bajarilmoqda. Indoneziya markaziy telekanalari muxbirlari, indoneziyalik mashhur olimlar san’atkorlar va ko‘p sonli blogerlarga O‘zbekistonga info turlari tashkil etilmoqda. Natijada Indoneziyadan yurtimizga kelayotgan sayyohlar soni yil sayin ko‘paymoqda. Misol uchun, joriy yilda 2018 yilning shu davriga nisbatan 35 foiz ko‘p sayyoh keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter