Toshkent islom institutida azon musobaqasi o‘tkaziladi
Bugun soat 14:00da Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida talabalar o‘rtasida «Najotga shoshilaylik» shiori ostida azon musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa ikki shart bo‘yicha o‘tkaziladi:
— ishtirokchilarning azonni mahorat bilan aytib berishi talab etiladi. Bunda hakamlar ovoz, tarannum va to‘g‘ri talaffuz me’yorlari bo‘yicha baho qo‘yadilar.
— ishtirokchilar bilet asosida azonga doir fiqhiy savollarga javob beradilar. Hakamlar javoblarning to‘liq va mukammalligiga alohida e’tibor qaratadilar.
Mazkur shartda ishtirokchilarga quyidagi fiqhiy savol va topshiriqlar beriladi:
— Azonning makruhlarini sanab bering;
— Azonning mustahablarini sanab bering;
— Azonning sunnatlarini sanab bering;
— Azonning shartlarini sanab bering;
— Iqomaning shartlarini sanab bering;
— Magnit tasmasi orqali azon aytish joizmi? Dalili bilan aytib bering;
— Azonda tarji’ nima? Hukmini batafsil bayon qiling;
— Tasvib nima? Hukmini bayon qiling;
— Ayol kishi, majnun va mastning azonining hukmi qanday?;
— Betahorat kishining azon va iqomasining hukmini bayon qiling;
— Junub kishining azon va iqomasining hukmini bayon qiling;
— Bitta qazo namozining azon va iqomasi hukmini bayon qiling;
— Ko‘p qazo namozlariga azon va iqoma aytishning hukmini bayon qiling;
— Safarda va masjid jamoatida azonning hukmini bayon qiling;
— Azon duosini tarjimasi bilan aytib bering;
— Azonning joriy bo‘lish tarixini qisqacha bayon qiling (sanasi, voqeasi)
— «Abu Mahzuroning tarjimai hollari haqida ma’lumot bering;
— Azonning zikri kelgan ikki oyatni aytib bering;
— Azonning lug‘aviy va istelohiy ma’nolarini aytib bering;
— Farz va juma namozlariga azon aytish hukmini bayon qiling.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter