Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat tanlov: Toshkent islom instituti yangi logotipini yaratish uchun tanlov e’lon qiladi!

Diqqat tanlov: Toshkent islom instituti yangi logotipini yaratish uchun tanlov e’lon qiladi!

Foto:«Islaminstitut.uz»

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti yangi logotipi bo‘yicha o‘z takliflarini nafaqat professional reklama kompaniyalari va agentliklar, balki xususiy shaxslar (frilanserlar, talabalar va h.k.) ham taqdim etishlari mumkin.

Tanlovga talabnoma quyidagi tartibda yuboriladi:

1. Logotip va uning ta’rifining 3 (uch) tilga (o‘zbek, arab, ingliz) moslashtirilgan o‘z namunangizni ishlab chiqing.

2. Grafik shakldagi fayl va ta’rif matnini hamda aloqa bog‘lash ma’lumotlaringizni [email protected] elektron pochtasiga yoki quyidagi manzilga jo‘nating: O‘zbekiston Respublikasi, 100002, Toshkent shahri, Zarqaynar 18-berk ko‘cha, 47-uy. Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 227-42-37.

Tanlovga yuborilgan ijodiy ishlarni Toshkent islom institutida tuzilgan hay’at ko‘rib chiqadi.

Hay’at ishlarni quyidagi mezonlar bo‘yicha baholaydi:

institut yo‘nalishi, qadriyatlari va ilmning ahamiyatini aks ettirishi;

– Imom Buxoriy rahimahulloh nomi logotipda tasvirlanishi;

– logotip g‘oyasining teranligi va lo‘ndaligi;

– logotip bosma va nobosma materiallar, brendlashtirilgan mahsulot va korporativ sovg‘alariga moslashuvchanligi;

– logotip kreativligi.

Hay’at eng yaxshi ishlarni tanlab oladi va internet foydalanuvchilari orasida ochiq ovozga qo‘yadi. Ovozga qo‘yish natijalari hamda tanlov hay’atning yakuniy xulosasi asosida g‘olib aniqlanib, uning nomi www.islaminstitut.uz rasmiy saytda e’lon qilinadi.

Tanlov g‘olibi Toshkent islom instituti tomonidan qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlanadi!

Tanlovda natijalar 2018-yil Ramazon oyining Laylatul Qadrida 12-iyun kuni e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring