Toshkent hokimligi Yangi yil bayram tadbirlari haqida ma’lumot berdi
Yangi yil bayram tadbirlarini ko‘tarinki ruhda tashkil etish, aholimizga madaniy xordiq uchun sharoitlar yaratish maqsadida 20-dekabrdan poytaxtimizning Istiqlol ko‘chasida (O‘zbekiston milliy kutubxonasi yaqinida) muhtasham archa o‘rnatildi va bolajonlar uchun o‘yingohlar ishga tushirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
E’tiborli jihati, bu yil archada musiqa sadolari ostida tovlanuvchi chiroqlarni emas, balki RGB ekranda qiziqarli namoyishlarni ko‘rasiz.
Maydon esa oq va ko‘k rangli chiroqlar bilan bezatilgan. Kun davomida estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar, shou dasturlar va sirk namoyishlarini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Bayram tadbirlari 2021-yilning 10-yanvariga qadar har kuni soat 10:00dan kechki 22:00gacha davom etadi.
Bayram tadbirlarida karantin qoidalariga rioya qilish so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter