Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan «Toshissiqquvvati» xodimi qo‘lga olindi

Fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan «Toshissiqquvvati» xodimi qo‘lga olindi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan «Toshissiqquvvati» DUK Chilonzor tumani bo‘limi murojaatiga asosan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.  

Unda ma’lum bo‘lishicha, mazkur bo‘lim texnik xodimi Z.M. 2018-yil davomida 58 nafar fuqarolar tomonidan isitish tizimi va issiq suv manbai uchun to‘langan pullarni iste’molchilarning shaxsiy hisob-raqamlariga tushirmasdan, ularga to‘lov kvitansiyalarini yozib berish orqali jami 27 mln. so‘m pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring