To‘rt mashinaning o‘zaro to‘qnashuvida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Tojikistonning Dushanbe-Xo‘jand trassasida ikki yengil va ikki yuk mashinasining o‘zaro to‘qnashuvi natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Asia Plus» .
Halok bo‘lganlar shaxsiga hozircha aniqlik kiritilmagan. Avtohalokat sodir bo‘lgan yo‘lda kamchiliklar bo‘lmagan, holati yaxshi bo‘lgan.

Yo‘l-patrul xizmati xodimlari mazkur voqea sabablarini o‘rganmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter