Tomskda yonib ketgan hamyurtlarimiz jasadi bugun olib kelindi
Xabaringiz bor, joriy yilning 21 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Tomsk oblastida yong‘in natijasida, O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgan edi.
Tomskda halokatga uchragan o‘zbekistonliklar bugun tongda yurtimizga olib kelindi.
TIV, IIV va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Tomsk viloyati Asinovskiy tumani Prichulimskiy posyolkasida joylashgan yog‘ochli uy yonishi natijasida halok bo‘lgan 10 nafar O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan Toshkent shahriga yetkazildi.
Qolgan ikki nafar marhum jasadlari DNK tahlili natijalari aniqlangandan keyin yuboriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter