Tojikistonlik mehmonlar O‘zbekiston haqida nima deyishmoqda?
Chegaralar ochildi, ko‘p yillik tarixga ega do‘stona aloqalar qayta tiklandi. Tabiiyki, bordi-keldi avj oldi. Hozir yurtimizga ayniqsa qo‘shni Tojikistondan juda ko‘p mehmonlar kelmoqda. Shulardan biri Anora Abduxoliqova o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida juda qiziqarli post qoldirgan.
O‘zbekistonga sayohatga oid 8 qiziqarli fakt
- Millioner bo‘lishni istasang O‘zbekistonga bor. 130 dollaring bo‘lsa kifoya, birpasda millionerga aylanasan.
- Eng mazali taomlarni tatib ko‘rishni istasang – O‘zbekiston seni kutmoqda. Judayam, judayam totli shashlik (kabob) rosa arzon narxda taqdim etiladi.
- Mashina minish uchun ham qulay davlat. Yonilg‘i juda arzon – har qadamda metan, propan.
- Ozgina Samarqand haqida: shahar taksisi shu qadar arzonki, pul berayotganingni ham bilmaysan.
- Shahardagi avtomobil harakati haqiqiy ekstremal sayohat! Samarqandda mashina boshqara olsang, bilginki, butun O‘zbekistonda boshqara olasan.
- Ehtiyot bo‘l! Katta yo‘llarda radar juda ko‘p. Jarima to‘lashni istamasang qoidalarga rioya qil.
- Samarqandda Osiyo noni deb ataluvchi nonni albatta tatib ko‘r. Bunday mazali non dunyoning biror burchagida uchramaydi.
- Eng qizig‘i va muhimi: O‘zbekistonda juda mehmondo‘st va xushchaqchaq odamlar yashaydi. Ular har bir mehmonni xursand qila olishadi!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter