Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston-O‘zbekiston nazorat-o‘tkazish punktlari odatiy ish rejimiga o‘tkaziladi

Tojikiston-O‘zbekiston nazorat-o‘tkazish punktlari odatiy ish rejimiga o‘tkaziladi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 15 martidan boshlab Tojikiston-O‘zbekiston davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati odatdagi ish rejimiga o‘tkaziladi.

Ma’lum qilinishicha, yuqumli kasalliklar nazorati faqat COVID-19 infeksiyasiga qarshi to‘liq emlanganlik to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish asosida, ya’ni Tojikiston hududida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha virusologik tekshiruvsiz amalga oshiriladi.

Respublika shtabi tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash organlari va muassasalari, shuningdek, MDHning boshqa davlatlari tomonidan COVID-19ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar rasman tan olinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring