Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tish emalini tiklovchi material ishlab chiqildi

Tish emalini tiklovchi material ishlab chiqildi

Foto: «Actualnews.org»

Kimyogar olimlar tuzilishi va mexanik xususiyatlari bo‘yicha tish emaliga juda o‘xshash material ishlab chiqishdi. «Life.ru» xabar berishicha, ushbu tadqiqot natijalari «Nature Communications» jurnalida batafsil yoritilgan.

Bu material yordamida kelgusida emalni tiklash, tishlar chirishining oldini olish mumkinligi ta’kidlangan. Bu to‘qima haroratning keskin o‘zgarishlariga, nordon oziq-ovqat va ichimliklarga bardoshlidir.

Aslida yemirilgan tish emalini tiklash mumkin emas, biroq Londondagi qirolicha Mariya universiteti xodimlari o‘zlari tatbiq etayotgan minerallashgan material to‘qimalarini o‘stirish usuli olimlarning bu yo‘ldagi kelgusi topilmalari sari yangi qadam bo‘lishiga ishonishmoqda. Masalan, bu usul bilan qattiq to‘qimalarni tiklash mumkin bo‘ladi.

Ekspertlar xuddi organizmda tish emali rivojlanishidagiga o‘xshash — kristallarning o‘sishiga sabab bo‘luvchi oqsilni topishdi. Tadqiqotchilar o‘z kashfiyotlari negizida bu oqsildan mineralizatsiya jarayonlarini boshqarishda foydalanish mumkin deb hisoblashyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring