Tibbiyot xodimlarining maqomini Konstitutsiyada belgilash taklif etilmoqda
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 18 mart kuni mamlakatimiz tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
«Prezidentning «tibbiyot tizimimizning konstitutsiyaviy asoslarini yanada mustahkamlash, xususan Konstitutsiyamizda tibbiyot xodimlarining yuksak maqomini ta’minlaydigan qoidani ham, muhrlab qo‘yishimiz lozim», degan taklifi ayni muddao bo‘ldi.
Boisi, Konstitutsimizni varoqlab ko‘rsak, unda ko‘plab davlat organlari – Oliy Majlis, sud, prokuratura, Markaziy saylov komissiyasi kabilarning konstitutsiyaviy maqomi belgilangan. Lekin, negadir, inson, uning hayoti va salomatligi uchun muhim bo‘lgan tibbiyot xodimlari yoki o‘qituvchilarning maqomi mustahkamlanmagan ekan. «Inson qadri uchun» degan bosh g‘oya atrofida amalga oshirilayotgan islohotlar ruhida tibbiyot xodimlarining maqomini O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilishi muhim amaliy ahamiyatga ega.
Bu tibbiyot xodimlarining jimiyatdagi o‘rni va obro‘yini yanada oshishiga, ularning ijtimoiy muhofazasi, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirishga xizmat qiladi. Qolaversa, kelgusida tibbiyot xodimining maqomiga oid alohida qonunlar qabul qilinishiga ham asos bo‘ladi», deydi Adliya vazirligi boshqarmasi boshlig‘i, dotsent Nodir Muxtorov.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyev «taniqli olimlar va xalqaro ekspertlarni jalb qilib, Sog‘liqni saqlash kodeksini ishlab chiqishning vaqt-soati kelgan»ini ham aytib o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter