Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiyot birlashmasi rahbari lavozimidan ozod etildi

Tibbiyot birlashmasi rahbari lavozimidan ozod etildi

Foto: «Xabar.uz»

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limidagi palatalardan birida o‘rin-joylar sanitar-epidemiologik talablarga rioya etilmagan holda joylashtirilgani aks etgan videolavha tarqalgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi o‘rganishlariga ko‘ra, tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati tomonidan mazkur masalani hal etish bo‘yicha o‘z vaqtida kerakli chora-tadbirlar ko‘rilmagani aniqlangan. Oqibatda ushbu tug‘uruq bo‘limidagi palatalarda o‘rin-joylar sanitar-epidemiologik talablarga rioya etilmagan holda joylashtirilgan.

Ya’ni samarasiz ishlayotgan statsionar o‘rinlar hisobiga homilador ayollar uchun qo‘shimcha o‘rin-joylar yaratish imkoniyati mavjud bo‘la turib, tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati mazkur muammoga sovuqqonlik bilan yondashgan.

Ana shularni inobatga olgan holda, ish faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi rahbari vazifasini bajaruvchi Tohir Mo‘minov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring