Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gidrometeorologiya xizmati tog‘li hududlar aholisini ogohlantirdi

Gidrometeorologiya xizmati tog‘li hududlar aholisini ogohlantirdi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati tog‘li hududlar aholisini ogohlantirdi. 

2024-yil 28-martdan 2-aprelgacha kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Avvalroq O‘zgidromet markaziy va janubiy viloyatlar aholisini kuchli yomg‘irlardan ogohlantirgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring