Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizda IT-park quriladi

Termizda IT-park quriladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida Termiz shahrida joylashgan «O‘zbekiston pochtasi» AJ Surxondaryo filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Hozirda Surxondaryo viloyatida AKT sohasida xizmatlar ulushini ko‘tarish va viloyatning eksport salohiyatini oshirish, yoshlarga yuqori daromadli yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Termiz shahrida IT-park tashkil etish rejalashtirilmoqda.

AKT vaziri «O‘zbekiston pochtasi» AJ Surxondaryo filialining ish faoliyati ko‘zdan kechirish asnosida yangi tashkil etiladigan IT-park loyihasi bilan ham yaqindan tanishdi va binoning mavjud bo‘sh turgan qismini zamon talablari asosida ta’mirlash, ulardan oqilona foydalanish hamda loyihani ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring