Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termiz xalqaro aeroporti faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi

Termiz xalqaro aeroporti faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi

Foto: Uzbekistan Airports

Termiz xalqaro aeroporti faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports axborot xizmati.

2022-yil 1-noyabrdan 25-dekabrgacha Termiz xalqaro aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatadi, deyiladi xabarda.

Ayni paytda uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilishi to‘liq yakunlangan. Deyarli ikki oy muddatda yurish yo‘laklarini yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi va perron bilan ulash, shuningdek, yangi CAT-I ICAO yoritish-signal tizimi, meteorologik va radionavigatsiya qo‘nish tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring